Operator: "VISION ACADEMY" Nodavlat ta'lim muassasasi
STIR: 305719452
Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur-Chinobod ko'chasi, 6-uy, 46-xonadon
Aloqa: info@visionuz.uz · +998555101515
Amal qilish sanasi: 2026-yil 17-sentabr
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 22-oktabr (ovoz yozuvlari va mikrofon)
Ushbu Maxfiylik siyosati 02.07.2019-yildagi O'zbekiston Respublikasining O'RQ-547-son "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida" qonuni asosida tuzilgan va Vision School mobil ilovasidan foydalanishda shaxsiy ma'lumotlarning qanday yig'ilishi, ishlatilishi, saqlanishi va himoya qilinishini tushuntiradi.
1. Biz QANDAY ma'lumot yig'amiz
1.1. Siz o'zingiz berasiz
| Ma'lumot | Qachon | Nega kerak |
|---|---|---|
| Telefon raqami | Ro'yxatdan o'tishda | Hisobni yaratish va kirish (login) |
| Parol | Ro'yxatdan o'tishda yoki parolni tiklashda | Hisobingizga kirish. Parol shifrlangan (xesh) ko'rinishda saqlanadi - uni hech kim, hatto biz ham ko'ra olmaymiz |
| AI Tutor bilan yozishmangiz | Chatdan foydalanganda | Savolingizga javob berish va suhbat tarixini ko'rsatish |
| Jamoamiz bilan yozishmangiz | Ilovadagi "Suhbatlar" bo'limida Vision School jamoasiga yozganingizda | Savol va murojaatingizga javob berish, yozishma tarixini ko'rsatish |
| Kayfiyat va qoniqish javoblaringiz - bugungi kayfiyat, o'qish sizga yoqayotgani, nima yetishmayotgani va izohingiz | Bosh sahifada AI so'raganda, agar javob bersangiz | Kunlik yo'l-yo'riqni moslash va ilovani yaxshilash |
| Ovoz yozuvingiz | Speaking mashqida (Ustoz bilan suhbat) va IELTS mock Speaking'da — mikrofon tugmasini bosib gapirganingizda | Javobingizni tushunish, xatoni tuzatish va Speaking javobini baholash (2-bo'lim) |
| Fikr-mulohazangiz | Fikr bildirish formasida | Xato va takliflarni ko'rib chiqish |
| Skrinshot | Xatolik haqida xabar berganda, agar o'zingiz biriktirsangiz | Xatoni ko'rish va tuzatish |
| Ism va familiyangiz | Ro'yxatdan o'tish formasida | Hisobingizni tanish, ilova va AI Tutor sizga ism bilan murojaat qilishi |
| Tug'ilgan kuningiz | Ro'yxatdan o'tish formasida | Hisobingizni tanish va o'quvchilarimiz yoshi bo'yicha umumlashtirilgan statistika |
| Jinsingiz | Ro'yxatdan o'tish formasida | O'quvchilarimiz tarkibi bo'yicha umumlashtirilgan statistika |
| Viloyatingiz (qayerda yashashingiz) | Ro'yxatdan o'tish formasida | Qaysi hududlardan o'quvchi kelayotgani bo'yicha umumlashtirilgan statistika. Aniq manzil so'ralmaydi |
| O'quv profilingiz - o'qish maqsadi, kuniga ajratadigan vaqtingiz, qiyin tomonlaringiz, o'qish soati, eslatma (nazorat) tanlovingiz, darajangiz va daraja testi javoblari | Ro'yxatdan o'tgach birinchi savollarda; kunlik yuklamani esa har kuni o'zingiz tanlaysiz | Shaxsiy o'quv rejasi, kunlik yuklama va eslatma vaqti |
1.2. Ilova o'zi yozib boradi
| Ma'lumot | Nega kerak |
|---|---|
| Mashq javoblaringiz (to'g'ri/xato, javob vaqti) | Progressni ko'rsatish, AI Tutor sizga moslashishi |
| Ball, ketma-ketlik, statistika | O'yin mexanikasi va motivatsiya |
| O'rganilgan so'zlar va takrorlash jadvali | So'z boyligi tizimi |
| Video darslar progressi | Qayerda to'xtaganingizni eslab qolish |
| Ilova versiyasi, platforma, ekran nomi | Faqat fikr yuborganingizda — xatoni takrorlash uchun |
| Diagnostika (ilova xatolari) — tozalangan xato matni va stack, ekran yo'li, ilova/OTA versiyasi, platforma, OS va qurilma turi | Xatoni tez topish va tuzatish. Ism, telefon, parol, token, javob matni va URL so'rovi yuborilmaydi. Hisob bilan bog'langan yozuv ko'pi bilan 90 kun saqlanadi |
| Push bildirishnoma tokeni | Faqat bildirishnomaga rozi bo'lsangiz — eslatma yuborish |
1.3. Biz yig'MAYDIGAN ma'lumotlar
Quyidagilar Vision School tomonidan yig'ilmaydi:
- ❌ Joylashuv (GPS yoki taxminiy joylashuv)
- ❌ Moliyaviy ma'lumot — karta raqami ilovada saqlanmaydi. To'lov
Uzum, Click va Paynet tizimlarining o'z sahifalarida amalga oshiriladi
- ❌ Elektron pochta va aniq yashash manzili (faqat viloyat so'raladi - 1.1)
- ❌ Kontaktlar, fayllar, kalendar
- ❌ Brauzer tarixi
- ❌ Reklama identifikatori — ilovada reklama yo'q
- ❌ Uchinchi tomon analitika va "crash" tizimlari — ilovada bunday
SDK o'rnatilmagan. Diagnostika faqat o'z Supabase serverimizga yuboriladi
Mikrofon faqat gapirish mashqlari uchun kerak: Speaking mashqi, IELTS mock Speaking va darsdagi "Eshiting va ustidan takrorlang" mashqi. Ilova mikrofon ruxsatini oldindan so'ramaydi — faqat shu mashqlarda mikrofon tugmasini birinchi marta bosganingizda (mock'da — Speaking'ni boshlaganingizda). Kamera, joylashuv, kontakt va galereya ruxsati so'ralmaydi.
1.4. Video darslarda telefon raqamingiz ekranda ko'rinadi
Video darslar ustida sizning telefon raqamingiz xira yozuv ko'rinishida chiqadi va joyini o'zgartirib turadi (watermark).
Nega: darslar Vision School mulki. Agar dars ruxsatsiz yozib olinib tarqatilsa, bu belgi nusxa qaysi hisobdan chiqqanini ko'rsatadi. Ya'ni belgi nusxa ko'chirishdan qaytaradi.
Muhim: bu yozuv hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi — u faqat sizning ekraningizda chiziladi. Videoning o'ziga ham yozilmaydi. Boshqa o'quvchi sizning raqamingizni ko'rmaydi.
Huquqiy asosi: ommaviy ofertaning 9.4-bandi.
Skrinshot haqida: xatolik haqida xabar berganingizda rasm biriktirishingiz mumkin. Bu ixtiyoriy. Ilova galereyangizni ko'rmaydi — siz tanlagan bitta rasmgina yuboriladi. Rasmni faqat siz va ilova administratori ko'ra oladi; u yopiq saqlanadi. Hisobingizni o'chirsangiz, rasm ko'pi bilan 8 kun ichida avtomatik o'chiriladi.
2. Ovoz yozuvlari — alohida izoh
Ovoz bilan ishlaydigan joylar uchta, va har birida ovozingiz bilan nima bo'lishi har xil:
1) Speaking mashqi (Ustoz bilan suhbat va kundalik suhbat). Gapirishdan oldin rozilik so'raladi. Javobingiz ovozi tekshirish uchun Google Gemini (AI) xizmatiga yuboriladi; ismingiz, telefon raqamingiz va hisob ID yuborilmaydi. Ovozingiz saqlanmaydi — javob olingach o'chib ketadi. Bazamizda faqat aytganingizning matni va Ustozning tuzatishi va izohi qoladi, ular 30 kundan keyin avtomatik o'chiriladi. Necha soniya gapirganingiz (kunlik limit uchun) hisobingiz o'chgunicha saqlanadi.
2) IELTS mock Speaking. Boshlashdan oldin rozilik so'raladi. Javobingiz audiosi yopiq xotirada saqlanadi va avtomatik o'chiriladi: to'liq mock — 90 kun, Part mashqi — 30 kun, oxiriga yetmagan yuklash — 7 kundan keyin. Audio Google Gemini xizmatiga yuboriladi: u javobingizni matnga o'giradi va IELTS mezonlari bo'yicha taxminiy ball beradi; ismingiz, telefon raqamingiz va hisob ID yuborilmaydi. Matn va ball natijangiz sifatida saqlanadi.
3) Darsdagi "Eshiting va ustidan takrorlang" mashqi. Yozuv faqat telefoningizda vaqtincha qoladi — serverga ham, AI xizmatiga ham yuborilmaydi.
Talaffuz baholash (so'zni aytib, ball olish) hozircha yopiq.
Uzatiladigan xizmatlar 4-bo'limda ko'rsatilgan.
3. Ma'lumot NEGA ishlatiladi
- Xizmatni ko'rsatish — hisobni yaratish, darslarni ochish,
progressni saqlash;
- O'quv jarayonini shaxsiylashtirish — AI Tutor sizning
natijalaringizga qarab mashq tanlaydi, boshlang'ich savollarga bergan javoblaringizga qarab esa shaxsiy o'quv rejasi tuziladi;
- Ilovani yaxshilash — xatolarni topish va tuzatish, o'quvchilarimiz
tarkibini umumlashtirilgan (shaxssiz) statistika ko'rinishida tushunish;
- Siz bilan bog'lanish — tasdiqlash kodi (SMS), o'quv eslatmalari;
- Qonuniy talablarni bajarish.
Ma'lumotlaringiz reklama uchun ishlatilmaydi va hech kimga sotilmaydi.
4. Ma'lumot KIMGA uzatiladi
Xizmatni ko'rsatish uchun quyidagi xizmatlardan foydalanamiz. Ularga faqat zarur ma'lumot va faqat shu maqsadda uzatiladi:
| Xizmat | Nima uzatiladi | Nega |
|---|---|---|
| Supabase | Barcha ma'lumot (bizning ma'lumotlar bazamiz va serverimiz) | Ilovaning ishlashi |
| Eskiz.uz | Telefon raqamingiz va tasdiqlash kodi | Ro'yxatdan o'tish va parolni tiklashda SMS yuborish |
| Google (Gemini) | AI Tutorga yozgan savolingiz, mashq konteksti, o'quv profilingiz (ismingiz, maqsad, vaqt, qiyin tomonlar, daraja) va Speaking'dagi ovoz yozuvingiz (ismsiz) | AI javoblari, shaxsiy o'quv rejasi, Speaking mashqi va IELTS mock Speaking (ovozni tushunish, tuzatish, baholash) |
| Microsoft (Azure Speech) | Hozir hech narsa uzatilmaydi. Faqat talaffuz baholash ochilsa — ovoz yozuvingiz | Talaffuz baholash (hozircha yopiq) |
| Expo | Push tokeni va bildirishnoma matni | Bildirishnoma yuborish |
Bu xizmatlar ma'lumotni bizning topshirig'imiz bilan qayta ishlaydi va uni o'z maqsadida ishlatishga haqli emas.
Boshqa hollarda shaxsiy ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talab qilgan hollarda va vakolatli davlat organlariga beriladi.
5. Ma'lumot QANCHA saqlanadi
- Hisobingiz faol bo'lgunicha — ma'lumotlaringiz saqlanadi;
- Diagnostika (ilova xatolari) — ko'pi bilan 90 kun, keyin avtomatik o'chadi;
- Hisobingizni o'chirsangiz — shaxsiy ma'lumotlaringiz darhol va
butunlay o'chadi (6-bo'limga qarang). Siz biriktirgan skrinshotlar ko'pi bilan 8 kun ichida avtomatik o'chiriladi;
- To'lov tarixi ismsiz holda saqlanadi — qaysi tarif, qaysi sanadan
qaysi sanagacha va qaysi to'lov tizimi orqali. Bu yozuvda ismingiz, telefon raqamingiz yoki sizni aniqlaydigan boshqa ma'lumot bo'lmaydi. U buxgalteriya hisobi uchun kerak;
- Ovoz yozuvlari va Speaking matnlari — 2-bo'limdagi muddatlarda
(30 / 90 / 7 kun) avtomatik o'chiriladi;
- Qonunchilik talab qilgan hollarda ayrim hisob-kitob hujjatlari
belgilangan muddat davomida saqlanishi mumkin.
6. Sizning huquqlaringiz
O'RQ-547-son qonunga asosan sizda quyidagi huquqlar bor:
- Bilish — qanday ma'lumotingiz yig'ilgani va nega ishlatilayotgani;
- Tanishish — o'z ma'lumotlaringiz bilan;
- Tuzatish — noto'g'ri ma'lumotni to'g'rilash;
- O'chirish — hisobingizni va shaxsiy ma'lumotingizni o'chirish;
- Rozilikni qaytarib olish;
- Shikoyat qilish — vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat.
Hisobni qanday o'chirasiz
Ilovada: Profil → Sozlamalar → "Hisobni boshqarish". Tasdiqlashdan keyin quyidagilar butunlay o'chadi: hisobingiz, mashq javoblari, ball va statistika, o'rganilgan so'zlar, video progressi, AI Tutor yozishmalari va xotirasi, Vision School jamoasi bilan yozishmalar, talaffuz baholari, yuborgan fikrlaringiz, push tokeni.
Nima qoladi: faqat to'lov tarixi, ismsiz holda (5-bo'limga qarang).
Bu amalni qaytarib bo'lmaydi — o'chirilgan ma'lumot tiklanmaydi.
Ilovaga kira olmasangiz: info@visionuz.uz manziliga ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz bilan xat yozing — hisob egasi ekaningizni tasdiqlagach, 10 ish kuni ichida o'chiramiz. Batafsil: visionuz.uz/hisobni-ochirish.html.
Boshqa huquqlaringizdan foydalanish uchun rasmiy elektron manzilimizga murojaat qiling. Javob muddati — 10 (o'n) ish kuni.
7. Xavfsizlik
- Barcha ma'lumot qurilma va server o'rtasida shifrlangan holda
(HTTPS) uzatiladi;
- Ma'lumotlar bazasida qator darajasidagi himoya (Row Level Security)
qo'llaniladi: har foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotini ko'radi;
- Mashq javoblarining to'g'riligini server tekshiradi — javob kaliti
ilovaga umuman yuborilmaydi;
- Kirish telefon raqami va parol bilan amalga oshiriladi. Parol
shifrlangan (xesh) ko'rinishda saqlanadi - uni hech kim, hatto biz ham ko'ra olmaymiz. Ro'yxatdan o'tishda va parolni tiklashda telefon raqamiga bir martalik kod yuboriladi.
Shunga qaramay, internet orqali uzatishning 100% xavfsizligini hech kim kafolatlay olmaydi. Hisobingiz xavfsizligi uchun parolingizni va SMS kodni hech kimga bermang.
8. Bolalar
Ilovadan 18 yoshga to'lmagan shaxs ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan foydalanishi mumkin. Agar 18 yoshga to'lmagan bolangiz sizning roziligingizsiz ro'yxatdan o'tgan deb hisoblasangiz, biz bilan bog'laning — hisob va unga bog'liq ma'lumot o'chiriladi.
9. O'zgartirishlar
Ushbu siyosat o'zgarishi mumkin. O'zgartirish ilovada e'lon qilingan kundan kuchga kiradi. Jiddiy o'zgarish bo'lsa, sizga ilova orqali bildiriladi.
10. Bog'lanish
Shaxsiy ma'lumotlar bo'yicha savol yoki murojaat:
"VISION ACADEMY" NTM Elektron pochta: info@visionuz.uz Telefon: +998555101515 Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur-Chinobod ko'chasi, 6-uy, 46-xonadon